Kino va seriallar

Halokatdan keyingi dunyo: 2025-yilda ekranlarga chiqqan 7 ta yangi fantastik film

Kursiv Uzbekistan IXBT nashri ma’lumotlariga tayanib, ushbu filmlar ro‘yxatini yaratdi
Halokatdan keyingi dunyo filmlari
Halokatdan keyingi dunyo: 2025-yilda ekranlarga chiqqan 7 ta yangi fantastik film / Rasm: Sora sun’iy intellekti asosida yaratilgan

Ish kunidan so‘ng dam olish uchun halokatdan keyingi dunyo filmlarini tomosha qilishni istaysizmi? 2025-yilda ekranlarga chiqqan hamda yaqinda namoyish etilishi kutilayotgan 7 ta yangi film va serial sizni kutilmagan sarguzashtlarga olib kiradi. Kursiv Uzbekistan IXBT nashri ma’lumotlariga tayanib, ushbu filmlar ro‘yxatini yaratdi.

Bu kinolar odamiyat global falokatdan omon qolganidan keyin qanday yashashi, qanday muammolarga duch kelishi va umidni qanday saqlab qolishi haqida hikoya qiladi.

Foto: www.kinopoisk.ru

Bizdan birimiz (2023 – 2025-yilgi seriallar)

Elli va Joel Tommining jamoasida tinchlik izlaydi, lekin begona odamlar paydo bo‘lishi bilan bu osoyishtalik buziladi. Elli Dina bilan safarga chiqadi – bu yo‘l nafaqat omon qolish, balki shaxsiy iztiroblar haqida hamdir. Ikkinchi mavsumda hikoya yo‘qotish, g‘azab va insoniylik chegaralarini o‘rganadi.

Eternavt (serial 2025)

Buenos-Ayresni qoplagan qor o‘lim olib keladi. Shaharda tartibsizlik avj olganda, muhandis Xuan Salvo oilasi bilan yashirinadi. Ammo bu oddiy bo‘ron emas – bu begona sayyoradan kelgan sirli xabar. Endi u tirik qolganlar bilan birga nafaqat sovuqqa, balki insoniyat tasavvurini o‘zgartiruvchi haqiqatga qarshi kurashadi.

Foto: kino.mail.ru
Foto: www.kinopoisk.ru

Elektr xodimi (2025)

Mashinalar bilan urushdan so‘ng insoniyat virtual olamda yashay boshlaydi. O‘smir Mishel esa umidsizlikda qoladi. Bir kuni akasining ovoziga ega eski robot paydo bo‘ladi va uni xavfli sayohatga boshlaydi. Begonalashgan hududda, temir titanlar orasida Mishel bitta savolga javob izlaydi: yo‘qolgan insonni qaytarib bo‘ladimi?

Yo‘qolgan maskanda (2025)

Texnogen dunyo qulagach, sehr va maxluqlar hukmronlik qiladi. Jodugar Kulrang Elis qirolicha topshirig‘i bilan Yo‘qolgan yerlarga yo‘l oladi – odamlarni hayvonga aylantiruvchi kuch manbaini topish uchun. Oy to‘lguncha uning faqat bir imkoniyati bor. Bu dunyoda kuch emas, balki maqsadini unutmaganlargina omon qoladi.

Foto: www.kinopoisk.ru
ru.kinorium.com

Sokin hudud (2025)

Virus dunyoni vayron qilganiga o‘n yil bo‘ldi. Kassius va sirli Abigayl xarobalar orasida omon qolishga urinadi, to ularning yo‘li homilador Megan va uning eri bilan kesishguncha. Endi ular birga xavfli hudud bo‘ylab yurishga majbur. Bu dunyoda ishonchsizlik – o‘lim bilan barobar, chunki na zaiflik, na xatolar kechiriladi.

28-yildan so‘ng (2025)

Premyera: 18-iyun

Dunyo vayron bo‘lgan. Buyuk Britaniya g‘azab hududiga aylanib qolgan – 28 yil davomida virus odamlarni aqldan ozgan vahshiy maxluqlarga aylantirmoqda. Ammo bu jahannamda ham insoniylik uchqunlari ko‘zga tashlanadi. Kichik bola o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, o‘lim to‘shagida yotgan onasini qutqarish uchun shifokor izlab yo‘lga chiqadi.

Foto: www.kinopoisk.ru
ru.kinorium.com

Zombi 4: Vampirlar tonggi (2025)

Premyera: 10-iyul

Zed va Eddison yozgi ta’tilni shunchaki dam olish deb o‘ylashgan edi. Biroq kutilmaganda ular kunduzgi va tungi vampirlar o‘rtasidagi azaliy adovatning markaziga tushib qolishadi. Lager rahbarlari sifatida ular imkonsiz vazifani bajarishlari kerak – ashaddiy dushmanlar Nova va Viktorga kek-adovatlarni unutib, birlashishga yordam berish.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tom Kruz 100 yoshgacha ekranda qolmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.