
Hambi superilovasi foydali xizmatlarni birlashtirish va rivojlantirish orqali o‘z ekotizimini takomillashtirishda davom etmoqda. Bugungi kunda superilova oylik faol foydalanuvchilari soni 4,3 millionga yetdi. Yangilanishlar bir nechta yo‘nalishlarni qamrab oladi: teletibbiyot, sport va ta’lim. Teletibbiyot tizimidagi konsultatsiyalarga foydalanuvchilar aloqa operatoridan qat’i nazar ulanishlari mumkin. O‘z- o‘zini rivojlantirishga e’tibor qaratganlar uchun superilova video tahrirlashdan tortib sun’iy intellekt bilan ishlashgacha bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish kurslarini taklif etadi.
DAVO teletibbiyot xizmati yarim yil ichida 2025-yil aprel oyida oyiga 170 000 foydalanuvchiga yetdi (MAU, Monthly Active Users, oylik faol auditoriya). Tibbiy konsultatsiyalar kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun – navbatsiz, klinikalarga bormasdan va istalgan uyali aloqa operatori foydalanuvchilari uchun mavjud. Kattalar va bolalar uchun sog‘liq haqidagi ma’lumotlar chat, audio yoki video qo‘ng‘iroqlar orqali taqdim etiladi. Platforma 100 dan ortiq shifokorlar bilan maslahatlashuvlarni o‘z ichiga oladi, ularning uchdan bir qismidan ko‘pi o‘zbek tilida so‘zlashadi. Ular orasida umumiy amaliyot shifokorlari, pediatrlar va tor doiradagi mutaxassislar bor. DAVO xizmatidan Hambi ilovasi orqali har qanday uyali aloqa operatori foydalanuvchilari obuna asosida foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, Hambi sport va ko‘ngilochar dasturlarini yanada kuchaytirdi. Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari endi Setanta Sports xalqaro teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda yirik sport tadbirlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishlari mumkin. Bunda striming uchun sarflangan trafik hisobga olinmaydi.
«Biz Hambini foydalanuvchilarning keng qamrovli ehtiyojlarini – tibbiyotdan tortib ta’lim va hordiq chiqarishgacha qondira oladigan raqamli platforma sifatida izchil rivojlantirib kelmoqdamiz. Ushbu yangilanishlar har bir kishiga ochiq bo‘lgan to‘laqonli raqamli muhitni yaratish strategiyamizning ajralmas qismidir. Biz nafaqat ekotizim sifatida o‘sib bormoqdamiz, balki foydalanuvchilarimizga shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ko‘maklashmoqdamiz», – dedi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Osnova ta’lim platformasi bilan hamkorlik Hambining superilovasi platformasida dizayndan tortib sun’iy intellekt asoslarigacha bo‘lgan raqamli kasblar bo‘yicha kurslarga kirish imkonini beradi. Kurslar, maslahatlar va kasbga yo‘naltirish o‘zbek va rus tillarida mavjud bo‘lib, ikki haftalik kurs narxi 150 000 so‘mdan boshlanadi. Har qanday foydalanuvchi raqamli kasblar, dizayn va sun’iy intellekt kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘proq ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, talab yuqori bo‘lgan xizmatlarga Hambi Pay fintech vositasi kiradi, uning yordamida foydalanuvchilar karta balansini tekshirishlari, kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari, xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Barcha yangi foydalanuvchilar uchun maxsus taklif: oyiga 20 million so‘mgacha kartadan kartaga foizsiz pul o‘tkazmalari mavjud.
2025-yil aprel oyining oxiridan boshlab Hambi foydalanuvchilari uchun mehmon rejimi ham mavjud bo‘lib, unda ular xizmatga kirishsiz superilovada televizor ko‘rish, o‘yinlar o‘ynash, smartfonlar va boshqa elektronika narxlarini o‘rganish kabi funksiyalari bilan tanishishlari mumkin.
Hambi haqida
VEON global raqamli operatori 2024-yil noyabr oyida O‘zbekistondagi barcha mobil aloqa foydalanuvchilari uchun to‘liq raqamli xizmatlar va ulanish imkoniyatlarini bitta ilovada birlashtirgan sun’iy intellektga asoslangan innovatsion platforma – Hambi superilovasini ishga tushirdi.
Superilovada Hambi Davo – sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha onlayn maslahat xizmati va Hambi Auto – avtomobillarni sug‘urta qilish imkoniyati kabi funksiyalar mavjud. Ilova, shuningdek, raqamli marketpleys, sayohat, ko‘ngilochar, TV, fintech va o‘yin xizmatlarini taklif etadi. Beeline Uzbekistan mijozlari uchun ilovada tariflar, ma’lumotlar, rouming va boshqa xizmatlarni boshqarish kabi qulay o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish funksiyalari ham mavjud.
Hambini Android OS va iOS tizimli qurilmalar uchun rasmiy ilovalar do‘konlaridan yuklab olish va o‘rnatish mumkin.
Kompaniya haqida
«Unitel» MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025-yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 1.9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama huquqlari asosida