Honor Samsung Galaxy S25 Edge’dan ham yupqaroq smartfon taqdim etdi

20-may 2025 17:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Honor
Honor Samsung Galaxy S25 Edge’dan ham yupqaroq smartfon taqdim etdi / Foto: Honor

Honor kompaniyasi tomonidan Honor Magic V3 smartfoni taqdim etildi. Galaxy S25 Edge’dan ham yupqaligi bilan ahamiyatli.

Honor taqdim etgan reklamada o‘z smartfonini «qo‘lga tushmaydigan darajada yupqa» deb atadi. Unda yangi model – Samsung Galaxy Edge’ga o‘xshash smartfon tasvirlangan va quyidagi savol yozilgan: «Agar bunga murosa qilishga to‘g‘ri kelsa, nega ozish kerak?»

Foto: Honor
Foto: Honor

Solishtirish uchun ochilganda qalinligi 4,35 mm bo‘lgan Honor V3 uch tomonlama orqa kamera bilan jihozlangan bo‘lib, u periskop obyektivi va 3,5 marta optik zumga ega modulni o‘z ichiga oladi.

Honor Magic V3 smartfoni / Foto: Honor

Modelning narxi hali aniq emas. Shuningdek, kompaniya yangi smartfonning texnik xususiyatlarini to‘liq ochiqlagan emas.

Magic V3 batareyasining sig‘imi 5150 mA/soat ga teng.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor 200 pro smartfonining texnik xususiyatlari haqida yozgan edi.

Shuningdek