Huawei birinchi tijoriy noutbukini chiqardi

20-may 2025 14:49 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
tijoriy noutbuk
Huawei birinchi tijoriy noutbukini chiqardi / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi Qingyun seriyasidagi yangi tijoriy noutbuk – Qingyun HM940 modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.

Bu model kompaniyaning o‘zida ishlab chiqilgan HarmonyOS operatsion tizimi asosida ishlaydi. Bungacha Qingyun liniyasidagi qurilmalar, asosan, Windows yoki Linux tizimlarida ishlagan edi.

Noutbuk tashqi ko‘rinishi oldingi Qingyun modellari bilan juda o‘xshash bo‘lib, Clear Blue (och ko‘k) va Inkstone Black (qora) rang variantlarida taqdim etildi. Yangi modelda AI tugmasi mavjud bo‘lib, bu qurilmada sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaytirilganidan dalolat beradi.

Shuningdek, «ko‘z-harakat koordinatsiyasi» texnologiyasi yordamida kursor siz qaragan ekranda harakatlanadi. «Super maxfiylik tugmasi» yordamida kamera, mikrofon va geolokatsiyani bir zumda o‘chirib qo‘yish mumkin.

Ayni paytda noutbuk narxi rasman e’lon qilinmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan HarmonyOS operatsion tizimi bilan ishlaydigan MateBook Pro noutbukini taqdim etgandi.

Shuningdek