IT’ning eng talabgor sohasi ma’lum bo‘ldi – HeadHunter tahlili

eʼlon qilindi
IT
Talabgor IT sohalari ma’lum bo‘ldi
vakansiya
Eng talabgor IT sohasi ma’lum bo‘ldi – HeadHunter tahlili /Foto: Unsplash

2025-yil birinchi choragida IT yo‘nalishidagi rezyumelar soni 2024-yilning shu davriga nisbatan 20,7 foizga oshgan. Bu haqda HeadHunter o’z tahlillarini ma’lum qildi. 

Vakansiyalar soni esa 42,9 foizga ko‘paygan, bu esa ish beruvchilarning IT mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoji oshganini ko‘rsatadi.

Ma’lumotga ko‘ra, rezyumelarda ko‘rsatilgan o‘rtacha oylik maosh 696 ming so‘mdan 2,3 million so‘mga oshgan (231,5 foiz o‘sish).  Vakansiyalarda taklif etilgan maosh esa 324 ming so‘mdan 346 ming so‘mga ko‘tarilgan (6,9 foiz o‘sish).

Shu yil boshidan IT mutaxassislariga bo‘lgan talab nisbatan tez ortgani tufayli rezyumelar sonining o‘sishi biroz orqada qolmoqda. Bu esa raqobatni pasaytirdi: 2024-yil birinchi choragida har bir vakansiyaga o‘rtacha 10,5 nomzod to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025-yilda bu raqam 8,9 ga tushgan.

Eng yuqori raqobat «Tarmoq muhandisi» yo‘nalishida qayd etilgan – har bir vakansiyaga 67 nomzod to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, «Kreativ direktor», «Analitik», «Texnik direktor» va «Testlovchi» kabi yo‘nalishlarda ham raqobat yuqori. Bunda tizim administratorlari eng kam raqobatga ega bo‘lgan mutaxassislik sifatida ajralib turadi – bu yo‘nalishda har bir ish o‘rniga atigi 1 nomzod mavjud.

vakansiya
Infografika: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda IT sohasidagi mehnat bozori faol rivojlanmoqda. Ish beruvchilar tomonidan IT mutaxassislariga bo‘lgan talab ortib bormoqda, bu esa sohadagi imkoniyatlar kengayayotganini anglatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda 2025-yilda ommabop kasb vakillari haqidagi HeadHunter ma’lumoti haqida yozgan edi.

Shuningdek