Jahon banki O‘zbekistonni raqamlashtirish uchun $35 mln ajratadi

eʼlon qilindi
Respublika loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun $5,7 mln ajratadi
jahon banki
Jahon banki O‘zbekistonni raqamlashtirish uchun $35 mln ajratadi / Foto: World Bank

Jahon banki (JB) O‘zbekistonga raqamlashtirishni rivojlantirish uchun $35 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratadi, deb xabar qildi bank matbuot xizmati. Hukumat ham loyihani moliyalashtirish maqsadida $5,7 mln yo‘naltiradi.

Ajratilgan mablag‘lar O‘zbekiston fuqarolari va korxonalari uchun geofazoviy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash loyihasiga yo‘naltiriladi.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada jadal urbanizatsiya yer resurslari va davlat xizmatlariga bosimni keltirib chiqargan. Bu ham geografik ma’lumotlarning mavjudligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Loyihani amalga oshirishda Kadastr agentligi javobgar.

Shuningdek, dastur doirasida respublikada yangi xaritalash usuli sinovdan o‘tkaziladi. Samarqandning 3D modeli va shahar muhandislik kommunikatsiyalari reyestri yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri JB O‘zbekiston elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln kredit ajratishi haqida yozgan edi.

Shuningdek