
Krishtianu Ronalduning o‘g‘li, 14 yoshli kichik Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safidagi ilk sovrini bilan tushgan suratini e’lon qildi. Bu haqda Сhempionat.com nashri ma’lum qildi.
U 15 yoshgacha bo‘lgan terma jamoa bilan xalqaro turnirda qatnashib, finalda Xorvatiyaga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi va jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Yevropaning yetakchi klublari, jumladan, «Real Madrid» ham yosh futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yurgen Klopp Shomurodovga murabbiy bo‘lmasligi haqida yozgan edi.