
2027-yilning 1-yanvargacha tadbirkorlar tomonidan qurilgan kamida 10 ta moduldan iborat modulli mehmonxonalar uchun bir martalik subsidiya ajratiladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
- I toifa mehmonxona joyi uchun – 10 mln so‘m,
- II toifa mehmonxona joyi uchun – 7 mln so‘m,
- III toifa mehmonxona joyi uchun – 5 mln so‘m subsidiya beriladi.
Shu yilning 1-iyunidan turizmga oid barcha davlat elektron tizimlari Milliy turizm yagona platformasi doirasida ishlab chiqiladi. Yil oxirigacha esa Samarqandda «Ipak yo‘lida turizm» tematik ofisi tashkil etiladi.
Shuningdek, 2028-yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlari xodimlarining malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.
2030-yil 1-yanvargacha esa mazkur klaster xizmatlari xalqaro yarmarkalar va ko‘rgazmalarda targ‘ib qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan usta dehqonlar 100 million so‘mgacha subsidiya olishi haqida yozgandi.