O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo hajmi 500 million yevroga yetkaziladi

eʼlon qilindi
2026-yilning O‘zbekiston – Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilinishi ham ta’kidlandi
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo hajmi 500 million yevroga yetkaziladi / Foto: President.uz

Budapeshtdagi tarixiy «Karmelita» saroyida Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi hamkorlik muzokaralari tashkil etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, savdo, investitsiya, moliya, transport va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Yetakchilar o‘zaro savdo hajmini 500 mln yevroga yetkazish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, «OTP» banki faoliyatini kengaytirish, Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etish kabi tashabbuslarni ilgari surdi. Yevropa kompaniyalari uchun sanoat zonasi tashkil etish va ta’lim almashinuvi bo‘yicha ham yangi kelishuvlarga erishildi.

Foto: President.uz

Madaniy-gumanitar sohada esa «Lazgi» baletining Budapeshtda sahnalashtirilishi, o‘zbek madaniyati ko‘rgazmasi va 2026-yilni O‘zbekiston – Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish rejalashtirildi.

Uchrashuv yakunida Sh. Mirziyoyev Viktor Orbanni O‘zbekistonga taklif qildi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident tomonidan «2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi» tasdiqlangan edi.

Shuningdek