O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi 3,7 foizga kamaydi
eʼlon qilindi
2025-yilning birinchi choragiga ko‘ra

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekistonda jami 198 089 ta tug‘ilish holati qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 foizga kamaygan.
Shu davrda 193 370 ta holatda yakka chaqaloqlar tug‘ilgan. Egizaklar soni esa 4 582 tani tashkil etdi. Bundan tashqari, 137 ta holatda uch yoki undan ortiq chaqaloq bir vaqtda dunyoga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistondan xorijga koʻchib ketayotganlar soni 8,3 foizga kamaygani haqida xabar bergan edik.