
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Budapeshtga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda prezidentni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tantanali kutib olish marosimi chog‘ida ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif doirasida 20-may kuni O‘zbekiston – Vengriya oliy darajadagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Mirziyoyev 21-may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQShning Yuta shtati Senati a’zolari hamda biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashgan edi.