Singapur – O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Singapurdagi «Changi» aeroporti vakillari O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ishchi uchrashuvda ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports.

Muzokaralar davomida Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni ochish istiqbollari muhokama qilingan. «Changi» aeroporti vakillari tomonidan bu tashabbusga katta qiziqish bildirgan holda, Singapurdagi sayyohlik kompaniyalarining O‘zbekistonga bo‘lgan e’tibori ortib borayotganini ta’kidlangan.
Tomonlar to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, logistika, marketing yordami hamda zarur tartib-qoidalarni aniqlashtirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirilgan.
Kursiv Uzbekistan Urganch aeroportida avtomobil ijarasi xizmati yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.