Toshkent viloyatida Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasi ochiladi

eʼlon qilindi
Mazkur hududni boshqarish bo‘yicha vakolatlar Vengriyaning “Inpark” kompaniyasiga topshiriladi
Shavkat Mirziyoyev
Toshkent viloyatida Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasi ochiladi / Foto: prezident matbuot xizmati

Yevropa kompaniyalariga mo‘ljallangan maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hududni boshqarish bo‘yicha vakolatlar Vengriyaning «Inpark» kompaniyasiga topshiriladi.

Prezidentning Budapeshtga rasmiy tashrifi doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniya va bank rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sanoat va infratuzilma sohalarida bir qator yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, yo‘l va transport tizimini yangilash, logistika markazlari hamda kommunal infratuzilma qurish, shuningdek, qurilish, to‘qimachilik, kimyo va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga oid loyihalar muhokama qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Prezidentning rasmiy tashrif bilan Vengriyaga borgani haqida yozgandi.

Shuningdek