TTZgacha uzaytiriladigan yangi metro yo‘nalishi 15-iyundan qurila boshlanadi

eʼlon qilindi
Qurilish ishlari 2026-yil oxirigacha yakunlanadi
TTZgacha uzaytiriladigan yangi metro yo‘nalishi 15-iyundan qurila boshlanadi / Foto: President.uz

Toshkent metropolitenining TTZ massiviga qadar yo‘nalgan yangi yer usti liniyasi qurilishi joriy yilning 15-iyunida boshlanadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.

Rejaga ko‘ra, qurilish ishlari 2026-yil oxirigacha yakunlanadi. Shuningdek, Toshkentni Yangi Toshkent bilan bog‘laydigan yangi metro liniyasi qurilishi ham nazarda tutilgan. U «Do‘stlik» bekatidan boshlanadi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uzunligi 10 kmdan ortiq bo‘lgan – «Pushkin» bekatidan TTZ massivi tomon yo‘nalgan liniya loyihasi allaqachon taqdim etilgan. Bu yo‘nalish Chirchiq va G‘azalkentdan har kuni qatnovchi yo‘lovchilar oqimini inobatga olgan holda belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenini kengaytirish va rivojlantirish borasidagi loyihalar taqdim etilgan edi.

Shuningdek