21-may kuni Yerga asteroid yaqin keladi

eʼlon qilindi
yer
Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da sodir bo‘ladi
Foto: NASA/JPL

Yangi kashf qilingan, uy hajmidagi asteroid 21-may kuni Yerga juda yaqin, ammo mutlaqo xavfsiz tarzda yaqinlashadi. Bu haqda Space nashri xabar berdi.

U Yer bilan Oy orasidagi masofaning uchdan biriga teng bo‘lgan masofadan o‘tadi.

Unga ko‘ra, bu yaqinlashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da sodir bo‘ladi. Shu vaqtda «2025 KF» deb nomlangan asteroid Yerga atigi 71 700 mil (115 000 km) masofadan o‘tadi.

Yaqinlashuv chog‘ida asteroid Yerga nisbatan soatiga 25 880 mil (41 650 km/soat) tezlikda harakatlanadi. Uning trayektoriyasi Yerning janubiy qutb hududiga eng yaqin nuqtadan o‘tadi va so‘ngra Quyosh atrofidagi uzun, egri orbitasida harakatni davom ettiradi.

«2025 KF» xavfli asteroid hisoblanmaydi. U Oyga ham urilmasdan, Yerning tabiiy yo‘ldoshidan 140 844 mil (226 666 km) uzoqlikda o‘tadi.

Avvalroq Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida 12-may kuni sodir bo‘lgan tom qulashi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «hodisa joyiga asteroid tushgani» haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi rasman ma’lum qilingandi.

«Kursiv» nashri «Kosmos-482» kosmik apparati Hind okeaniga qulagani haqida yozgandi.

Shuningdek