888 kombinatsiyali avtomobil raqami 722,3 mln so‘mga sotildi

20-maydagi auksionda eng qimmat chiroyli avtoraqam 722,3 mln so‘mga sotildi. Bu haqda Respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan nashriga xabar berdi.
Birja matbuot xizmatiga ko‘ra, hali to‘lov qilinmagan. Raqamni to‘liq rasmiylashtirish uchun 30 kun muddat belgilangan.
Bu yil boshidan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdir. Yanvar oyida eng qimmat sotilgan raqam 509,6 mln so‘mni tashkil etgandi.
O‘tgan yilning 24-dekabr kuni o‘tkazilgan auksionda chiroyli avtoraqam rekord darajada qimmat – 965,3 mln so‘m yoki $75 mingga sotilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston valyuta birjasiga ko‘ra, 21-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 937,93 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 45,02 so‘mga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qarzdorlik evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni realizatsiya qilish jarayoni jadallashtirilishi haqida yozgan edi.