Aholi uchun kreditlar foizi biznesnikiga nisbatan pasaydi

eʼlon qilindi
2025-yil aprel oyida 22,6 foizga
Kredit
Aholi uchun kreditlar foizi biznesnikidan ancha pasaydi / Foto: Valyuta.az

Aholiga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha yillik foiz stavkasi 2025-yil aprel oyida 22,6 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalga nisbatan 2 foizga kamaygan. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

kredit
Grafik: Markaziy bank

2024-yil aprelidan 2025-yil aprelgacha bo‘lgan davrda kreditlar bo‘yicha stavkalar pasayish tendensiyasini ko‘rsatdi. Aholi uchun ajratilgan kreditlar foizi aprel oyida 24,6% bo‘lsa, sentabrda 23,8 foizga tushgan. Dekabrda 24,9 foizga ko‘tarilgach, keyingi oylar davomida asta-sekin kamayib, aprelga kelib 22,6 foizni tashkil qildi.

Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar stavkasi esa nisbatan barqaror bo‘lib, 22,4-22,9% oralig‘ida saqlangan. Eng yuqori daraja 2024-yil iyul oyida qayd etilgan.

depozit
Grafik: Markaziy bank

Depozitlar bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari foiz stavkasi yil davomida 21,2-22,1 foiz oralig‘ida bo‘lib, 2025-yil aprelida 21,6 foizni tashkil etdi. Yuridik shaxslar uchun bu ko‘rsatkich o‘zgaruvchan bo‘lib, 2024-yil iyun oyida 17,9 foiz bilan eng yuqori darajaga chiqqan, dekabrda esa 16,3 foizga pasaygan. 2025-yil aprel oyida yana o‘sish kuzatilib, 17,5 foizga yetgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkichlar imtiyozli kreditlar va mikroqarzlarni o‘z ichiga olmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil I-choragida pul o‘tkazmalari hajmi 32 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek