Aprel oyida O‘zbekistonda soliq tushumlari 18,7 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Eksport hajmi esa 6,5 foizga yuqoriladi
soliq
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Joriy yilning aprel oyida soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tahlillarida ma’lum qildi.

Jumladan, Toshkent, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida soliq tushumlarida yuqori o‘sish qayd etildi.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Daromad solig‘i 18,5 foizga, mulk solig‘i qariyb 22 foizga, yer solig‘i esa 18 foizga o‘sgani iqtisodiy faollik va investitsiya muhitining yaxshilanishidan dalolat beradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bojxona to‘lovlari tushumlari 15 foizga oshdi.

Aprel oyida eksport hajmi 6,5 foizga yuqoriladi. Eksportdagi eng yuqori o‘sish Surxondaryo, Samarqand, Xorazm va Namangan viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga, moliya sektorida ham ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Kreditlash hajmi 52,9 foizga oshgan bo‘lib, investitsiya faolligining oshishiga xizmat qilmoqda.

Oy davomida 27 mingga yaqin yangi korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tovar-xomashyo birjasi savdolari hajmi 34,2 foizga oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkorlarga markirovkalashdagi ayrim xarajatlarga ikki yillik soliq imtiyozlari berilgani haqida yozgandi.

Shuningdek