
Formula 1’ning mashhur jamoasi Aston Martin yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchi Realme bilan ko‘p yillik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda f1news nashri ma’lum qildi.
Bu doirada kompaniyalar har yili ikki dona qo‘shma smartfon chiqarishni rejalashtirmoqda. Birinchi hamkorlik mahsuloti – GT 7 Dream Edition – kelasi seshanba kuni taqdim etiladi. Realme bu flagman smartfon yuqori unumdorlik, zamonaviy dizayn hamda Aston Martin logotipi bilan ta’minlanishini va’da qilmoqda.
Aston Martin’ning litsenziyalash bo‘limi rahbari Mett Chapman:
«Biz Realmeni jamoamizga va birinchi hamkorlikdagi smartfonimizga xush kelibsiz. GT 7 Dream Edition yuqori unumdorlikni innovatsion dizayn bilan uyg‘unlashtiradi. Biz kelajakdagi modellar ustida birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutamiz», – deya ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Realme GT 7 27-may kuni taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.