Aziz Sanjar Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

Budapeshtda o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida «Turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun» Alisher Navoiy nomidagi mukofot Nobel sovrindori Aziz Sanjarga topshirildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mukofotni topshirar ekan, uni ilm-fan sohasidagi olimlarga berilishi yosh avlodga ilhom bo‘lishini ta’kidladi.
Alisher Navoiy nomidagi mukofot 2021-yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan ta’sis etilgan bo‘lib, u har ikki yilda bir marta turkiy xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikka hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi. Ilk bor 2022-yilda marhum Chingiz Aytmatov ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat prezidenti turkiy davlatlar o‘rtasida «Turk-treyd» platformasini yaratishni taklif etgani haqida xabar bergan edi.