Chevrolet avtomobili uyli pikapga aylantirildi: video

21-may 2025 12:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Chevrolet avtomobili uyli pikapga aylantirildi: video / Foto: GMauthority

Chevrolet Silverado HD pikapi zamonaviy va hashamatli uy mashinasiga aylantirilgani aks etgan videolar tarqaldi. Bu haqda GMAuthority xabar bermoqda.

Renderda Silverado HD pikapi kengaytirilgan kampir moduli bilan jihozlangan bo‘lib, unda yotoqxona, oshxona, hammom va dam olish zonasi mavjud. Ichki makon zamonaviy mebellar, yoritish tizimlari va texnologik qurilmalar bilan to‘ldirilgan.

Chevrolet Silverado HD pikapi / Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Bu dizayn Chevrolet Silverado HD ning nafaqat kuchli yuk tashish imkoniyatlarini, balki sayohat paytida uy qulayliklarini taqdim etish salohiyatini ham namoyish qiladi.

Foto: Chevrolet

Ma’lumot uchun, Chevrolet kompaniyasining Silverado HD modeli 2025-yilda yangilangan ko‘rinishda taqdim etildi. Model og‘ir yuk tashish, qurilish ishlari va uzoq masofali yo‘llarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. U kuchli dvigatel, ilg‘or xavfsizlik tizimlari va zamonaviy interyer bilan jihozlangan.

Foto: Chevrolet

Silverado HD 2500 va 3500 turlarida taqdim etiladi. Benzinli modelda 6.6 litrli V8 dvigatel mavjud bo‘lib, 401 ot kuchiga ega. Dizel versiyasi esa 6.6 litrli Duramax Turbo-Dizel motor bilan 470 ot kuchi va 975 lb-ft moment hosil qiladi. Har ikki versiyada Allison’ning 10 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi ishlatiladi.

Foto: Chevrolet

Avvalroq Chevrolet kompaniyasining yangi 2026-yilgi D-Max pikap prototipi Kolumbiya yo‘llarida ilk bor sinovdan o‘tgani va General Motors Argentinada Chevrolet Tracker ishlab chiqarishni qisqartirayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek