
General Motors (GM) konserni Amerika zavodlarida yig‘ilgan avtomobillarni Xitoy bozoriga yetkazib berishni to‘xtatadi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Xitoyda GM sotuvida import qilingan avtomobillarning ulushi unchalik katta emas va 0,1 foizdan kamroqni tashkil qiladi – bular asosan premium modellar. GMda cheklovlarning joriy etilishi konsernning mahalliy bozordagi faoliyatini qayta qurish va optimallashtirish deb ataldi.
GMning Xitoydagi import bilan shug‘ullanuvchi vakillari allaqachon bu qarordan xabardor qilingan.

GM o‘z bayonotida Xitoyda rivojlanishni davom ettirishga sodiqligini, biroq «iqtisodiy sharoitlarda sezilarli o‘zgarishlar» bilan duch kelayotganini qayd etgan. GM hali ham Buick Envision’ni Xitoydan AQShga import qilmoqda. GM’ning Xitoyda mahalliy hamkorlar bilan qo‘shma korxonalarga ega bo‘lib, ular birinchi chorakda 442 mingta avtomobil sotgan.
Ma’lumot uchun, konsern 1908-yilda AQSHning Detroyt shahrida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda global avtomobil sanoatining yirik vakillaridan biri hisoblanadi.
GM tarkibiga Chevrolet, Cadillac, GMC va Buick kabi mashhur brendlar kiradi. So‘nggi yillarda GM elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha ham faol investitsiyalar kiritmoqda.

GM’ning Nyu York fond birjasidagi aksiyalar narxi 0,36 foizga yuqorilab $50,2 ni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri General Motors 900 mingga yaqin avtomobillarini chaqirib olgani haqida yozgan edi.