Kia Telluride dizayn va texnik jihatdan tubdan yangilanadi

21-may 2025 17:59 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Kia Telluride
Kia Telluride dizayn va texnik jihatdan tubdan yangilanadi / Foto: Autobics

Kia Telluride flagman krossoverining ikkinchi avlodi joriy yilda taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda Daily-motor nashri ma’lum qildi.

Hyundai Palisade bilan bir platformada qurilgan ushbu model EV seriyasiga xos dizayn elementlari, yangi LED optika, yashirin eshik tutqichlari va zamonaviy radiator panjarasi bilan jihozlanadi.

Tashqi ko‘rinishda avtomobil qo‘polroq shakllar va zamonaviy chiziqlar uyg‘unligi, salonda esa kattalashtirilgan multimedia ekranlari, Dynamic Body Care o‘rindiqlari va massajli tirsak qo‘ygichlar bilan farqlanishi kutilmoqda.

Foto: Autobics

Yangi avlod 2,5 litrli turbo dvigatel va gibrid tizim asosidagi 300 ot kuchiga ega quvvat birligi, 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday yo‘ltanlamas 965 kilometrgacha yo‘l bosishga qodir bo‘ladi. Taqdimot sanasi yil oxirigacha e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia kompaniyasi yangi Kia K4 avlodini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek