Avto

Maybach’ga Xitoycha javob: Huawei Maextro S800 30-may kuni taqdim etiladi

Avtomobilning narxi $136 mingdan boshlanadi
Maybach’ga Xitoycha javob: Huawei Maextro S800 30-may kuni taqdim etiladi / Foto: Carnewschina

Huawei va JAC kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan Maextro S800 ultra-luxury sedani 30-may kuni rasman taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Avtomobil Xitoy bozorida Mercedes-Maybach S-Class’ga bevosita raqib sifatida ko‘rilmoqda. Model premium darajadagi ichki dizayn, sun’iy intellektli boshqaruv tizimlari va yuqori texnologik imkoniyatlarga ega.

Foto: Carnewschina
Foto: Carnewschina

Huawei Maextro S800 texnik xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Ko‘rsatkichMa’lumot
Uzunligi5480 mm
Kengligi2000 mm
Balandligi1536 mm
G‘ildirak bazasi3370 mm
Motor quvvati480–1300 ot kuchi
Batareya arxitekturasi800V
Tez zaryadlash vaqti10%–80% — 10,5 daqiqa (65 kWh)
Zaryadlash tok kuchi6C
Minimal burilish radiusi3.8 metr (to‘rt g‘ildirakli boshqaruv)
Sensorlar32 ta, shu jumladan 4 ta LiDAR (192-line)
Narx oralig‘i1 – 1.5 million yuan (136 000 – 205 000 USD)

Avtomobil HarmonyOS asosidagi boshqaruv tizimi, to‘liq SI yordamchi tizimlar, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, raqamli yon oynalar va premium salon qulayliklariga ega.

Huawei’ning ADS idrok etish tizimi DATS (Dinamik Moslashuvchan moment tizimi) va Xmotion korpus boshqaruvi yanada xavfsiz va sezgirroq ishashga hissa qo‘shadi.

Foto: Carnewschina
Foto: Carnewschina
Foto: Carnewschina

Avtomobilning narxi $136 mingdan boshlanadi.

Avtomobilning sotuvlari Huawei’ning HIMA savdo tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Test haydovlari iyun oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei birinchi tijoriy noutbukini chiqargani haqida yozgan edi.