Odam savdosi bilan shug‘ullanganlar 15 yilgacha ozodlikdan ayriladi

eʼlon qilindi
15 yilgacha
Odam savdosi
Odam savdosi bilan shug‘ullanganlar 15 yilgacha ozodlikdan ayriladi / Foto: iStockphoto

Jinoyat kodeksining odam savdosi bilan bog‘liq moddalaridagi jinoyatlar uchun jazo choralarining og‘irlashtirilishi belgilandi.

Endilikda odam savdosi qalbaki hujjatlar orqali yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni musodara qilish, yashirish yoki yo‘qotish yo‘li bilan amalga oshirilsa, bunday jinoyat uchun 5 yildan 10 yilga qadar ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi. Oldingi tartibda bu jazo muddati 5 yildan 8 yilga qadar edi.

Shuningdek, agar jinoyat jabrlanuvchining o‘limi yoki og‘ir asoratlar bilan yakunlansa, jinoyatchi 10 yildan 15 yilga qadar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Avval bu holatlarda jazo 8 yildan 12 yilga qadar belgilangan edi.

Ushbu qonun kuchga kirishi e’lon qilingan kundan boshlab amal qiladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik ayol Hindistonda odam savdosi qurboniga aylanishdan saqlab qolingani haqida yozgandi.

Shuningdek