O‘zbekiston prezidenti turkiy davlatlar o‘rtasida «Turk-treyd» platformasini yaratishni taklif etdi

eʼlon qilindi
Tashkilot mamlakatlarining o‘zaro tashqi savdo ulushini oshirish maqsadida
«Turk-treyd»
O‘zbekiston prezidenti turkiy davlatlar o‘rtasida «Turk-treyd» platformasini yaratishni taklif etdi / Foto: prezident.uz

2025-yil 21-may kuni Budapesht shahrida o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilot doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlat rahbari tashkilot mamlakatlarining o‘zaro tashqi savdo ulushini oshirish maqsadida «Turk-treyd» nomli onlayn savdo platformasini yaratish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dasturni qabul qilishni taklif qildi.

Foto: prezident.uz

Shuningdek, prezident Mirziyoyev Transkaspiy xalqaro yo‘lagi bo‘yicha yuk tashish hajmini oshirish uchun «yagona darcha» va «yashil yo‘laklar» tizimini joriy etish, Turkiy investitsiya jamg‘armasi doirasida qo‘shma venchur kompaniya tuzish, sanoat sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, fan, ta’lim va ekologiya sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish takliflarini bildirdi.

Foto: prezident.uz

Sammit yakunida Budapesht deklaratsiyasi va boshqa qator hamkorlik hujjatlari qabul qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat va Vengriya atom energetikasi sohasida hamkorlik qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek