O‘zbekistonda to‘rt oyda Cobalt ishlab chiqarish 7,3 foizga oshdi

21-may 2025 16:26 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Chevrolet Cobalt
O‘zbekistonda to‘rt oyda Cobalt ishlab chiqarish 7,3 foizga oshdi / Foto: Sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan

Shu yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekistonda Cobalt avtomobili 44,7 ming dona ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,3 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mahalliy bozorda ikkinchi o‘rinni 30 mingga yaqin ishlab chiqarish bilan Damas egalladi. Bu ko‘rsatkich yillik hisobda 28,9 foizga oshdi.

Uchinchi o‘rinda esa Chevrolet Onix joy oldi. Bu modeldan 15,2 ming dona ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 31,6 foizlik o‘sishga erishildi.

Umuman olganda, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 4 oyda 6,9 foizga oshib, 122,4 ming donani tashkil etdi. Yuk avtomobillari ishlab chiqarish esa 19,6 foizga ko‘payib, 1,2 ming donaga yetdi.

Shuningdek, bu davrda dvigatellar va ixtisoslashtirilgan avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ham ortgani kuzatildi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – mart oylarida ikkilamchi bozorda Cobalt avtomobilining o‘rtacha foydalanilgani $339 ga ($12,3 mingdan $12 mingga), ko‘p foydalanilgani $100 ga ($11,6 mingdan $11,5 mingga), kam foydalanilgani $70 ga ($12,75 mingdan $12,68 mingga) pasaygan.

Shuningdek, 2025-yil aprel oyida Qozog‘istonda eng ommabop yangi avtomobil Chevrolet Cobalt modeli bo‘lib, 2194 dona sotilgan. 

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Chevrolet Cobalt Midnight avtomobillarini yetkazib berishni boshlagani haqida yozgandi.

Shuningdek