O‘zbekistondagi IT oliygohlarida har yili 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlanmoqda
eʼlon qilindi
Respublikada 21 ta raqamli texnologiyalar maktabi ham ishlamoqda

O‘zbekistondagi IT oliygohlarini har yili 25 mingdan ortiq talabalar tamomlaydi. Bu haqda IT Parkda o‘tkazilgan «O‘sish nuqtasi» forumidan «Kursiv» muxbiri xabar berdi.
Mamlakatda axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, respublikada 21 ta raqamli texnologiyalar maktabi ham ishlamoqda.
May oyiga qadar O‘zbekistonda 14 ta IT Park filiali va 500 dan ortiq IT markazlar faoliyat olib bormoqda. Joriy yil boshidan buyon Toshkentdagi texnoklaster rezidentlari soni 48 foizga oshib, 1,6 mingga yetdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan IT’ning eng talabgor sohasi ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.