O‘zbekistonning My Freighter aviakompaniyasi Keniya poytaxtiga parvozlarni boshladi
eʼlon qilindi
Reyslar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi

My Freighter aviakompaniyasi ilk bor Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan Jomo Kenyatta xalqaro aeroportiga (NBO) qo‘ndi. Bu kompaniya tarixida Keniyaga amalga oshirilgan ilk parvozdir.
Reyslar haftasiga ikki marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Samolyotlar Keniyadan tez buziluvchi mahsulotlarni – yangi uzilgan gullar, dengiz mahsulotlari, meva va sabzavotlarni yetkazib beradi. Yuklarning bir qismi esa Markaziy Osiyo mamlakatlariga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sentabrdan Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlashi haqida xabar bergan edik.