
Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi 20-may kuni yakuniga yetdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif doirasida prezident Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokaralar olib bordi, shuningdek, Milliy majlis spikeri Laslo Kyover va yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Tadbirlar yakunida davlat rahbari rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga jo‘nab ketdi. Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Vengriya rasmiylari tantanali tarzda kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident turkiy davlatlar o‘rtasida «Turk-treyd» platformasini yaratishni taklif etgan edi.