Qashqadaryoda sud qarorini «o‘zgartirib berish» evaziga pora olgan advokatlar ushlandi

eʼlon qilindi
Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi 3 nafar advokat qo‘lga olindi
pora
Qashqadaryoda sud qarorini «o‘zgartirib berish» evaziga pora olgan advokatlar ushlandi / Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurolarida noqonuniy harakatlar aniqlanib, jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan 3 nafar advokat qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Dastlab aniqlangan holatda Chiroqchi tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudining ikki fuqaro haqida qo‘llagan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘rniga yengilroq chorani qo‘llatib berishni va’da qilgan advokat $4 ming olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U bu ishni sud tizimida faoliyat yurituvchi tanish amaldorlari orqali hal qilishi mumkinligini bildirgan.

Keyingi vaziyatda esa, advokat fuqarolik ishi yuzasidan murojaat qilgan shaxsdan yuridik xizmatlar uchun 2 mln so‘m va davlat boji uchun 1,5 mln so‘m oladi. Shundan so‘ng u ishni tanish mansabdorlar yordamida ijobiy hal etishini va’da qilib, qo‘shimcha ravishda $500 olayotgan paytda dalillar bilan ushlandi.

Yana bir holatda esa, advokat hech qanday rasmiy shartnoma tuzmagan holda, Muborak tumani IIB huzuridagi tergov guruhi yuritayotgan ishda tergovchi orqali foydali qaror chiqarishga va’da beradi. U avvaliga 2 mln so‘m, so‘ngra qo‘shimcha 2 mln so‘mni olayotgan vaqtida huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda ikki nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlangani haqida yozgandi.

Shuningdek