
2025-yilda smartfonlar ixcham korpusda taqdim etilmoqda. Bulardan iPhone 16 yoki Google Pixel 9 smartfoblarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Qaysi biri yaxshiroq? Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, ma’lumotlarni to‘pladi.

Dizayn
-
iPhone 16 – 170 gramm, 7.8 mm, klassik va mustahkam, biroq qirralari biroz qo‘pol.
-
Pixel 9 – 198 gramm, 8.5 mm, ergonomik jihatdan qulay, ammo orqa qopqog‘i iz yig‘adi.
G‘olib: iPhone 16 – yengil va nafis.


Ekran:
-
iPhone 16 – 6.1 dyuym, OLED, HDR10, 2000 nit, lekin faqat 60 Gts.
-
Pixel 9 – 6.1 dyuym, OLED, 120 Gts, HDR10+, 2700 nit.
G‘olib: Pixel 9 – yuqori yangilanish tezligi va yorqinlik.

Unumdorlik:
-
iPhone 16 – A18 chip, 8 Gb RAM, NVMe, iOS optimizatsiyasi bilan ancha kuchli.
-
Pixel 9 – Tensor G4 chip, 12 Gb RAM, AI ustunligi bor, lekin pastroq quvvat.
G‘olib: iPhone 16 – yuqori unumdorlik va barqarorlik.
Kamera:
-
iPhone 16 – 48+12 MP, 12 MP selfi, Dolby Vision, Cinematic Mode.
-
Pixel 9 – 50+48 MP, 10.5 MP selfi, AI asosida suratlarni optimallashtirish.
G‘olib: durust yorug‘likda – iPhone 16, kam yorug‘likda – Pixel 9. Durang
Tizim va qo‘llab-quvvatlash:
-
iPhone 16 – iOS, uzoq muddatli yangilanishlar, Apple ekotizimi bilan integratsiya.
-
Pixel 9 – Android 15, 7 yilgacha yangilanish, AI xususiyatlar boy.
G‘olib: foydalanuvchi ehtiyojiga bog‘liq. Ekotizim tanlovi.
Avtonomlik va quvvatlash:
-
iPhone 16 – kichikroq akkumulyator, ammo optimallashtirish kuchli.
-
Pixel 9 – katta batareya, orqaga quvvat ulash imkoniyati.
G‘olib: iPhone 16 – barqarorroq ishlash.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yildagi TOP – 5 eng kuchli kamerafonlari haqida yozgan edi.