Samsung Galaxy Z Fold 7 va Tri-Fold modellari titandan yasalishi mumkin

21-may 2025 11:03 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Samsung Galaxy Z Fold 7 va Tri-Fold
Samsung Galaxy Z Fold 7 va Tri-Fold modellari titandan yasalishi mumkin / Foto: Samsung

Samsung Galaxy Z Fold 7 hamda yangi Tri-Fold (uch buklamali) smartfonlari uchun titan korpusni tayyorlamoqda. Bu haqda DGL nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qurilmalar orqa panel va sharnir qismlarida titandan foydalanadi. Bu esa ularni avvalgilariga nisbatan yengilroq va mustahkamroq qiladi.

Oldingi Galaxy Z Fold 6 uglerod tolali orqa panel bilan jihozlangan bo‘lsa, Fold 6 Special Edition’da titan ishlatilgan edi. Yangi modellarda esa bu material asosiy konstruktiv element sifatida ishlatilishi mumkin. Titan o‘zining yuqori mustahkamligi, korroziyaga chidamliligi va nisbatan yengil vazni bilan ajralib turadi, biroq ishlab chiqarish jarayoni murakkabligi tufayli narxga ta’sir qilishi mumkin.

Ingichkaroq va S Pen’ga tayyor

Ushbu buklanadigan smartfon modelining yana bir muhim o‘zgarishi – displeydagi raqamli moduldan voz kechilishi. Bu esa S Pen bilan qo‘llanma kiritishni qo‘llab-quvvatlaydi va smartfonni sezilarli darajada ingichkaroq qiladi. Buklanadigan telefonlar tobora yupqaroq bo‘lib borayapti. Oppo Find N5 hozirda eng ingichka model sifatida e’tirof etilgan. Samsung ham bu trendga ergashmoqda.

Ta’riflar va taqdimot sanasi

Ikkala smartfonlarning dizayn jihatlari bir-biriga o‘xshaydi. Shuningdek, bu modellarning Galaxy Z Flip 7 bilan birgalikda 2025-yil iyul oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Biroq, Tri-Fold telefoni biroz kechroq sotuvga chiqarilishi ehtimoli bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy Z Flip va Fold 7 smartfonida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek