Toshkentda Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasining bo‘limi ochildi

eʼlon qilindi
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun
Toshkentda Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasining bo‘limi ochildi / Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (ASHH) Ijroiya qo‘mitasining bo‘limi ochildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi tuzilma telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni muvofiqlashtiruvchi markaz sifatida faoliyat yuritadi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bu yerda mintaqaviy raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion yechimlar joriy etish, tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ishlab chiqish rejalashtirilgan. Tantanali ochilish marosimida ASHH bosh direktori Aleksey Borodin, O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Tadbirda bo‘lim ochilishi mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, O‘zbekistonning raqamli transformatsiyadagi faol rolini mustahkamlash va mamlakatni IT-hubga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi. Bo‘lim UZTELECOM binosida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda birinchi marta M360 Eurasia ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi haqida yozgan edik.

Shuningdek