Avto

Toyota kompaniyasi avtomobillarining narxini oshiradi

Tramp joriy etgan 25 foizlik bojlar sababli
Toyota
Toyota kompaniyasi avtomobillarining narxi oshiriladi / Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi Donald Tramp joriy etgan bojlar sababli AQShda avtomobillar narxini oshirmoqchi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Toyota AQShda sotiladigan avtomobillarning deyarli yarmi Yaponiyadan (4Runner, Crown Signia, Land Cruiser, GR86) va Meksikadan (Tacoma) import qilinadi. Yangi bojlar bu modellarning narxini oshiradi, shuningdek, ehtiyot qismlar narxining ko‘tarilishi tufayli ta’mirlash xarajatlari ham ortadi.

Toyota kompaniyasi avtomobillarining narxi oshiriladi / Foto: Carcoops

Kompaniya AQShda 11 ta zavodga va 48 ming xodimga ega bo‘lib, bu holat jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kompaniya ma’muriyatning boj siyosati global ta’minot zanjirining nozikligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini tushunishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota RAV4 avtomobili qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edik.