Andijon va Buxoro jamoat transportida yo‘lkira narxlarini asossiz oshirish holati aniqlandi

eʼlon qilindi
Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rgandi
So'm
Andijon va Buxoro jamoat transportida yo‘lkira narxlarini asossiz oshirish holati aniqlandi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Andijon, Samarqand va Buxoroda jamoat transportlarining narxlarini asossiz oshirish hamda yo‘lovchiga qo‘pol muomala qilish holatlari kuzatildi. Bu bo‘yicha Raqobat qo‘mitasiga murojaatlar kelib tushgan.

Qo‘mita tomonidan Andijondagi «Asaka – Qoratepa» yo‘nalishida, Buxoro viloyatining Kogondagi 105 va 114-yo‘nalishli taksilarda yo‘lkira sun’iy oshirilgani aniqlanib, holat bartaraf etildi.

Shuningdek, Samarqandda avtobus haydovchisining yo‘lovchiga qo‘pol muomalasi va yo‘lkirani ikki marta olish holati aniqlanib, haydovchiga ogohlantirish berildi. Jizzaxda Chery Tiggo 7 Pro avtomobilidagi nosozlik kafolat asosida ta’mirlandi.

Shu bilan birga, Qashqadaryoda Yandex taksi orqali fuqaroning kartasidan noqonuniy pul yechilgan, Toshkent shahrida esa YandexGo xizmatidagi asossiz qarzdorlik bekor qilinib, ortiqcha yechilgan mablag‘ kompensatsiya qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand shahrida jamoat transporti narxlari oshirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek