Xitoy JSSTga 500 million dollar ajratadi

eʼlon qilindi
AQSh o‘rniga tashkilotning eng yirik homiysiga aylanadi
JSST
Xitoy JSSTga 500 million dollar ajratadi / Foto: KSN

Xitoy Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga qo‘shimcha ravishda 500 million dollar ajratishga tayyor va AQSh o‘rniga uning eng yirik homiysiga aylanishi mumkin, deb xabar berdi Reuters.

Qo‘shimcha moliyalashtirish besh yil davomida amalga oshiriladi va yillik badallarni oshirish hamda tashkilot loyihalari uchun ixtiyoriy to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Biroq ajratilgan mablag‘lardan qanday foydalanish bo‘yicha kelishuv zarur.

Hozirgacha tashkilotning asosiy homiysi AQSh bo‘lib kelgan. Biroq 2025-yil yanvar oyida AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning JSSTdan chiqishi haqida qaror qabul qildi.

AQSh rasman 2026-yil boshida tashkilot a’zoligidan chiqadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Jahon banki O‘zbekistonda sug‘orish tizimiga $200 million kredit berishi haqida yozgan edi.

Shuningdek