Yangiliklar

Xivadagi «Deshon qal’a» majmuasi rekontruksiyasi uchun 55 ta xonadon ko‘chiriladi

Qal’a devori atrofida 1,5-2 metrli yo‘laklar quriladi
Deshon qal'a
Xivadagi «Deshon qal’a» majmuasi rekontruksiyasi uchun 55 ta xonadon ko‘chiriladi / Foto: Ekologiya vazirligi

Xorazm viloyatida joylashgan «Deshon qal’a» tarixiy obidasi sayyohlik maskaniga aylantiriladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

«Deshon qal’a»ning hozirgi ko‘rinishi / Foto: Ekologiya vazirligi

Loyiha doirasida Shixlar mahallasidagi 55 ta turar va noturar obyekt ko‘chiriladi. Ularning o‘rnida yashil maydonlar, bog‘lar barpo etiladi, obodonlashtirish va daraxt ekish ishlari olib boriladi.

«Deshon qal’a»ning hozirgi ko‘rinishi / Foto: Ekologiya vazirligi
«Deshon qal’a»ning hozirgi ko‘rinishi / Foto: Ekologiya vazirligi

Qal’a devori milliy me’morchilik uslubida tiklanib, atrofida 1,5-2 metrli yo‘laklar quriladi. Shuningdek, Shixlar va Angarik mahallalarida zamonaviy sayyohlik majmuasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

«Deshon qal’a»ning hozirgi ko‘rinishi / Foto: Ekologiya vazirligi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiva shahrida «Arda Xiva» xalqaro turizm markazi ochilgani haqida yozgandi.