Xorazmda ichimlik suvi narxi 1000 so‘mga oshadi
eʼlon qilindi
5-iyundan

Xorazm viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Ushbu qaror xalq deputatlari viloyat Kengashining 20-maydagi qarorida ma’lum qilindi.
Yangi tariflarga ko‘ra, 5-iyundan boshlab ichimlik suvi narxi bir kubometr uchun quyidagicha bo‘ladi:
- Aholi uchun – 4500 so‘m (2024-yilda 3500 so‘m etib belgilangandi);
- budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun – 10 ming 400 so‘m (8000 so‘m).
Oqova suvi xizmati uchun:
- Aholiga – 1850 so‘m (1700 so‘m);
- budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilarga – 3800 so‘m (2800 so‘m).
Mazkur tariflar qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQS) hisoblangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-iyundan Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi narxi oshishi haqida yozgandi.