Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston kompaniyasiga sanksiya qo‘lladi

eʼlon qilindi
Trade Engine System kompaniyasi
Yevropa ittifoqi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston kompaniyasiga sanksiya qo‘lladi / Foto: EU

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketi doirasida O‘zbekistonning Trade Engine System kompaniyasiga ham sanksiya qo‘lladi.

Kompaniya ustav kapitali 10 mln so‘m bo‘lib, 2022-yilda tashkil etilgan. Temir yo‘l, avtotransport, dengiz yoki havo orqali transportda tashishni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Uning yagona ta’sischisi va direktori Akbarov Nasirjan Xamitjanovich hisoblanadi.

Foto: org.info

Avvalroq «Kursiv» Ukraina O‘zbekistondagi uchta kompaniya va bir fuqaroga sanksiya e’lon qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek