Zeekr 7X Yevropada Audi va Tesla bilan raqobatlashmoqchi

21-may 2025 16:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Zeekr 7X Yevropada Audi va Tesla bilan raqabatlashmoqchi / Foto: Zeekr

Zeekr brendi o‘zining yangi elektr krossoveri – Zeekr 7X modelini Yevropa bozorida taqdim etdi. Ushbu model Tesla Model Y va Audi Q4 e-tron’ga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Speedme xabar bermoqda.

Foto: Zeekr

Zeekr 7X Yevropada ilk bor Norvegiyada sotuvga chiqdi, bu yerda uning boshlang‘ich narxi 539 900 norveg kronasi ($53 ming)ni tashkil etadi. Shuningdek, model Niderlandiya va Shvesiyada ham taqdim etiladi. Niderlandiyada narxlar 52 990 yevrodan, Shvesiyada esa 579 000 ($58 ming) shved kronasidan boshlanadi.

Foto: Zeekr

Zeekr 7X’ning Privilege AWD versiyasi 100 kVt·soatli NMC batareyasi, 470 kVt (639 ot kuchi) quvvatga ega va 543 km (WLTP) masofani bosib o‘tishga qodir. U 0 dan 100 km/soat tezlikka 3,8 soniyada erishadi, bu Tesla Model Y Long Range AWD’ning 4,3 soniyalik natijasidan tezroqdir. Quvvatlash vaqti ham qisqa — 480 kVt quvvatli stansiyada 10 dan 80% gacha atigi 10,5 daqiqani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr 007 GT taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek