23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
22-may soat 20:00 dan 23-may soat 20:00 gacha amal qiladi
23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Depositphotos

Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotiga ko‘ra, 23-may kuni ob-havo o‘zgaruvchan: mamlakat hududida harorat yuqori bo‘lishi bilan birga, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Viloyatlar kesimida ob-havo

HududKunduzi (°C)Kechasi (°C)Ob-havo holati
Toshkent shahri30–3221–23Biroz bulutli, ertalab yomg‘ir, momaqaldiroq, g‘arbiy shamol 12–15 m/s, ba’zi joylarda chang-to‘zon;
Qoraqalpog‘iston, Xorazm27–3213–18Yomg‘ir kutilmaydi, g‘arbiy shamol 13–18 m/s, ba’zi joylarda chang-to‘zon;
Buxoro, Navoiy28–3319–24Kechasi va ertalab yomg‘ir, momaqaldiroq; kunduz – yog‘ingarchiliksiz, shamol 13–18 m/s, chang-to‘zon;
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand28–3319–24Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, shamol 13–18 m/s, chang-to‘zon
Qashqadaryo, Surxondaryo33–3821–26Yomg‘ir kutilmaydi, shamol 15–22 m/s, chang-to‘zon;
Andijon, Namangan, Farg‘ona30–3519–24Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, shamol 13–18 m/s, chang-to‘zon;
Tog‘li va tog‘ oldi hududlar18–2313–18Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, shamol 13–18 m/s;

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 22-may kuni havo harorati 36-42 daraja oralig‘ida bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek