Chevrolet Cobalt yaxshimi yoki Chevrolet Cruze

22-may 2025 13:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Chevrolet Cobalt yaxshimi yoki Chevrolet Cruze: Taqqoslaymiz / Foto: Chevrolet

Chevrolet brendi o‘rta klassdagi avtomobillarni mintaqa ichki yo‘llari va talabiga qarab ishlab chiqarishi bilan ham ommalashgan. Chevrolet Cobalt O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorida sotilishi bilan mashhur bo‘lsa, Chevrolet Cruze Lotin Amerikasida yaqqol yetakchilardan biri bo‘lgan. Xo‘sh, bu ikki avtomobil bir-biri bilan qanday farq qiladi? Kursiv Uzbekistan tomonidan Chevrolet Cobalt va Cruze avtomobillari taqqoslandi.

Bu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Tashqi dizayn

Chevrolet Cobalt / Foto: Chevrolet.kg
Chevrolet Cobalt / Foto: Chevrolet.kg
Chevrolet Cruze / Foto: Chevrolet.com
Chevrolet Cruze / Foto: Chevrolet.com

Chevrolet Cobalt oddiy va ixcham sedan. Old panjarasi va optikasi soddaligi bilan ajralib turadi. Asosan amaliyotga qaratilgan. Chevrolet Cruze zamonaviyroq va sportga yaqin ko‘rinishga ega. Old va orqa LED chiroqlar, yanada agressiv panjara va aerodinamik chiziqlar mavjud.

Ichki dizayn

Chevrolet Cobalt ichki dizayni / Foto: Chevrolet.uz
Chevrolet Cruze saloni / Foto: chevrolet.com
Chevrolet Cruze saloni / Foto: chevrolet.com

Cobalt’da minimalizm va funksionallik kuchli. Plastmassalar arzonroq, lekin ergonomik joylashuv bor. Cruze’da yuqori sifatli materiallar, zamonaviy multimedia tizimi, teginishga sezgir ekranlar va kengroq salon mavjud.

Narx

Chevrolet Cobaltning narxi O‘zbekistonda 146 mln so‘mdan ($11,3 mingdan) boshlanadi. Cruze esa mamlakatda ishlab chiqarilmagani bois kam tanlov bilan xarid qilish mumkin. Chevrolet Cruze modeli esa Argentinada $13,1 mingdan boshlanadi. (Model 2023-yildan boshlab ishlab chiqarilgan emas.)

Texnik xususiyatlar

XususiyatlarChevrolet Cobalt (UZ)Chevrolet Cruze
Dvigatel turi1.5L benzin, 4 silindr1.4L Turbo (LT) / 1.8L benzin (LS)
Ot kuchi106 hp140 hp (1.4T) / 141 hp (1.8L)
Aylanish momenti (Nm)~134 Nm200 Nm (1.4T) / 176 Nm (1.8L)
Transmissiya5-pog‘onali mexanik / 6-pog‘onali avtomat6-pog‘onali mexanik / 6-pog‘onali avtomat
Yoqilg‘i sarfi (shahar)~8.5 l/100 km~9.4 l/100 km (1.8L) / ~8.1 l/100 km (1.4T)
Yoqilg‘i sarfi (trassa)~6.0 l/100 km~6.5 l/100 km (1.8L) / ~5.9 l/100 km (1.4T)
0–100 km/soatgacha tezlanish~12.5 soniya~9.0–10.0 soniya (dvigatelga qarab)
Uzunligi4479 mm4666 mm
G‘ildirak bazasi2620 mm2700 mm
Bagaj hajmi563 litr425 litr
Old tormozlarDiskDisk
Orqa tormozlarBarabanDisk (ba’zi versiyalarda baraban)
Havo yostig‘i (airbag)2 dona (old)6 tagacha (old, yon, parda)
ABS / ESPABS mavjud, ESP yo‘qABS mavjud, ESP mavjud (ko‘p versiyalarda)
Multimedia tizimiOddiy radio / USBSensorli ekran, Bluetooth, CarPlay/Android Auto (ba’zilarida)
Kuzov turlariSedanSedan, ba’zilari Hatchback
Narxi (2025-yil, O‘zbekistonda)11,000–14,000 USD13,000–18,000 USD (yaxshi holatda, ishlatilgan)

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt qo‘shni davlatlarda qanday narxda sotilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek