Yangiliklar

Dollar kursi pasaydi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra
Dollar
Foto: VadimVasenin / depositphotos.com

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 22-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 904,51 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 33,42 so‘mga tushdi.

Dollar kursi bu hafta quyidagicha o‘zgardi: 21-may kuni 45,02 so‘mga oshib, 12 937,93 so‘mni, 20-may kuni 34,76 so‘mga oshib, 12 892,91 so‘mni, 19-may kuni 58,95 so‘mga tushib, 12 858,15 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatdagi tijorat banklari 22-may kuni bir AQSh dollarini 12 845 – 12 935 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 940 – 13 000 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.