
Sergey Brin Google kompaniyasining hammuassisi, hech qanday shov-shuvsiz $700 mlnga yaqin mablag‘ni noma’lum shaxsga topshirdi. Bu haqda Bloomberg kompaniya hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
Hujjatda Alphabet kompaniyasining (Google’ning bosh kompaniyasi) A va C sinfidagi 4,1 mln aksiyasi aynan kimga berilgani aniqlashtirilmagan.
Bloomberg taxminiga ko‘ra, ushbu qimmatli qog‘ozlar xayriya maqsadlariga yo‘naltirilgan yoki ishonchli boshqaruv (trast) fondlaridan biriga topshirilgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» nashri Google Glass aqlli ko‘zoynaklari nega muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida yozgandi.