Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
2025-yil 13-iyun sanasida
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayonining yangi bosqichiga chiqdi / Foto: Facebook

2025-yil 13-iyun kuni Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha 10-ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Azizbek Urunov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘ilish doirasida ikki tomonlama muzokaralar, ishchi guruh hisobotidagi majburiyatlar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha norasmiy uchrashuvlar rejalashtirilgan. Uchrashuv O‘zbekistonning JSTga a’zolik jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan bozor islohotlari haqida JST a’zolariga batafsil ma’lumot beriladi. Azizbek Urunov tashkilot a’zolariga doimiy qo‘llab-quvvatlovlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish masalasida 33 davlat bilan muzokaralar olib borgani haqida yozgan edik.

Shuningdek