Lifestyle

OpenAI va Joni Ayv sun’iy intellektli gadjet ustida ishlamoqda

Ushbu qurilma smartfon, kompyuter va boshqa tanish qurilmalardan keskin farq qiladi
Open AI
Foto: Elizabeth Frantz / Reuters

OpenAI kompaniyasi Apple’ning sobiq dizayneri Joni Ayv asos solgan io startapini sotib oldi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

OpenAI bosh direktori Sem Altmanning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilma inson va sun’iy intellekt (SI) o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qayta ko‘rib chiqadi, uni yanada qulay va intuitiv qiladi. Ushbu gadjet smartfon, kompyuter va boshqa tanish qurilmalardan keskin farq qiladi.

«Umid qilamanki, biz Apple kompyuteridan ilk marta foydalanganimdagi hayrat, ilhom va ijodiy ruhni yana uyg‘ota olamiz», – dedi Sem Altman.

OpenAI gadjetni 2026-yilda taqdim etishni rejalashtirmoqda. Dastlabki bosqichda uni kamida 100 million foydalanuvchiga sotish ko‘zda tutilgan. Loyiha ustida Apple kompaniyasining 55 nafar sobiq muhandisi ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, ChatGPT’ni yaratgan kompaniya io startapini $6,5 mlrdga sotib olgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Alcatel «qog‘oz» displeyli V3 Ultra smartfonini taqdim etishi haqida yozgandi.