O‘zbekiston va Sloveniya diplomatik pasport egalari o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

eʼlon qilindi
Ta’lim, transport, «aqlli» shaharlar, standartlashtirish, suv resurslari va turizm sohalarida ham bitimlarga erishildi
O‘zbekiston va Sloveniya diplomatik pasport egalari o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi / Foto: President.uz

Lyublyana shahrida Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob bilan muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot imzolandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikka oid qator hujjatlar almashildi. Ular orasida diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim, ta’lim, transport, «aqlli» shaharlar, standartlashtirish, suv resurslari va turizm sohalaridagi bitimlar mavjud.

Foto: President.uz

Mirziyoyev Sloveniya Milliy assambleyasi raisi Urshka Klakochar-Zupanchich bilan ham uchrashdi. Tomonlar parlamentlararo aloqalarni kuchaytirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish va akademik almashinuvlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Foto: President.uz

Uchrashuvda xalqaro parlament tashkilotlari doirasida hamkorlikni kuchaytirish, Samarqandda birinchi O‘zbekiston – Sloveniya parlamentlararo forumini o‘tkazish taklif etildi. Ikki davlat vakillari parlamentlararo «Yo‘l xaritasi»ni ham qabul qilishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 500 million yevroga yetkazilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek