Yangiliklar

O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

2024-yilda imzolangan hukumatlararo bitim doirasida
O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi / Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Xitoy Fanlar akademiyasi hamkorligida Toshkentda Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi (Tashkent Headquarter) tashkil etiladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur markaz Green University negizida faoliyat yuritadi va ilmiy tadqiqotlar, malakali kadrlar tayyorlash, texnologiyalar almashinuvi va barqaror rivojlanishni targ‘ib qilish bo‘yicha mintaqaviy platforma bo‘ladi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomondan vazir Aziz Abduhakimov, xitoylik hamkorlar tomonidan esa CAS XIEG bosh direktori professor Chjan Yuanmin o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat ekologik sohadagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2030-yilgacha ekologik madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlangan edi.