Yangiliklar

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining yangi modeli joriy etiladi

2025-yil 1-iyuldan tanlab olingan hududlarda
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining yangi modeli joriy etiladi / Foto: depositphotos.com

Prezidentning 2025-yil 19-maydagi farmoniga muvofiq, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning xalqaro tajribaga asoslangan yangi modeli joriy etiladi.

Yangi tizim doirasida:

  • oilaviy shifokorlar ulushi 70 foizgacha yetkaziladi;
  • tibbiyot xodimlari ish yuklamasi 30 foizgacha kamaytiriladi;
  • tibbiy xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi, qog‘ozbozlik qisqartiriladi.

2025-yil 1-iyuldan tanlab olingan hududlarda, 2026-yil 1-yanvardan esa Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida tajriba-sinov asosida joriy etiladi.

Loyiha doirasida har bir tuman (shahar)da sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi va ularning faoliyati tibbiyot birlashmalari negizida yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda bolalar saratoniga qarshi kurash strategiyasi qabul qilingani haqida xabar bergan edi.